Topib olingan kichik narsa

Assalomu alaykum! Men ko‘chada pulni ko‘rsam olmayman. Lekin Abdukarim Mirzaevdan bir rivoyat eshitdimki, uni boshqa topib olib egasiga aytmasa gunoxiga men xam sherik bo‘lar ekanman. Kiymati kattaroq narsa bo‘lsa e’lon berib izlashim mumkindir. Lekin bugun ko‘cha xovlimni tozalayotib telefon zaryadka simini topib oldim. Ko‘pchilik o‘tadigan, katta ko‘chada yul buyida yashayman. Arzimas narsa bilan bezovta qilayotganim uchun uzr, lekin butun umr shu muammo bilan to‘qnash kelmasligim uchun so‘rab olmokchiman. Axir zarradek narsani so‘roq savoli tog‘dek bo‘lishi xam mumkin-ku. Shunaka xolatda nima ish tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tegmang, egasi olib ketsin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar