Turar joydan zakot

Assalomu alaykum! Agarda shahsda 15 dona (nedijivimis) yani noturar joylari bo‘lsa ularni (arendaga) ijaraga bergan holatda ulardan daromad olsa, o‘sha joylarni har hil bo‘lgan holatlarda va har hil bo‘lgan summalarga sotib olgan bo‘lsa. misol uchun tahminan har bitta joyning narhi (50 sum) va uni oylik turdagi arendaga (5 sum) dan bergan bo‘lsa, qaysi holatdagi zakot vojib boladi. 1- har bir olingan noturar joyning summasi yani 50 sumdan berishmi? yoki 2- har oy shu noturar joydan kelayotgan foydani hisoblab beriladimi? aniqroq tushuntrilgan holatlar: 1- holatda har bir noturar joyning qachon olingan narhlarini hisoblab jami summadan 2.5% beriladimi, deylik 50 sumdan har bittasi bolsa (15 ta joy) 750 sum bolib shundan chiqaramizmi yoki 2- holatda (5 sumdan) har bitta noturar joydan kelgan foydani yilligini hisoblabmi? 3- noturar joylarning narhini va ulardan kelgan yillik foydani qoshib hisoblab shundan zakot berishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘chmas mulkni sotib olish vaqtidagi niyatga qaraladi. Agar ijaraga berib foyda olish niyatida olingan bo‘lsa ularning qiymatidan zakot vojib emas. Ulardan tushgan daromad nisobga etsa boshqa pullar kabi zakoti ado qilinadi. Agar ko‘chmas mulk tijorat (sotish) yoki pulni band qilish maqsadida olingan bo‘lsa ularning qiymatidan ham zakot chiqariladi. Zakotni berish kunidagi bozor qiymatiga qaraladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 137 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar