Uch rakatli namozni qazosi boshqacha o‘qiladimi

Assalomu alaykum! Adashmasam Mehrob uz kanalidan Shom va Vitr namozlari 3 rakatlik bo‘ganligi uchun ularning qazosi boshqacha o‘qiladi degan ma’nodagi bir post ko‘rib qolgan edim. 1) Meni ko‘p yillik shom qazolarim bor uni ham qolgan 4 rakatlik namozlarning qazosi kabi o‘qiymanmi, yoki boshqacha o‘qiladimi? 2 ) bir kunda 2 ta vitr o‘qilmaydi deb eshitganman. bir kunda bir necha kunlik vitrni qazosini o‘qib keyin vitrni adosini o‘qisam bo‘laveradimi, 1 kunda 2ta vitr o‘qilmaydi degan gpani qanday tushunish mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘z vaqtida qanday ado qilinsa, qazo bo‘lganida ham ayni shunday o‘qiladi. 1 kunda 2ta vitr o‘qilmaydi degan gap noto‘g‘ri, qazosi bilan vaqtidagini o‘qilaveradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:33 | Savol-javoblar | 195 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar