Namozga yosh bolani imomlikka o‘tishi

Assalomu alaykum! Yoshim 32 da. Allohga shukurlar bo‘lsin oilaviy namozni o‘qiymiz. O‘g‘lim 9 yosh, u xam 5 vaqt namozini o‘qimoqda. Bomdod namozida o‘g‘limni qiziqishi bor, imomlikka o‘tkazib orqasidan ayolim va qizim xam ergashamiz. Shu to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Balog‘atga etmagan bolaning namozi nafl bo‘ladi. Sizlarniki esa farz. Farz o‘quvchi naflga iqtidosi joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar