Qazo namozlarim

Assalomu alaykum! Menda qabziyat bor. Shungami el kelib turadi. Bir namozimni farziga etib sunnatiga etmay qoladi olgan tahoratim. Farzni ham sunnatni ham o‘qivolay tahoratim sinib qolmasdan deb sal tezroq o‘qib qo‘yayotgandayman. Har namozga yangi tahorat olib o‘qiyman. El kelib qolgani tufayli xuftondan keyin qazo namozlarim ni o‘qiyolmayapman kun sovuqligi uchun tahorat ni yangilash noqulay bo‘lyapti 1.tahorat siz uxlashni xohlamay namozni tugatib tayyammum qilib uxlasam bo‘ladimi? bamdod dan oldinroq turib vitr hojat namozini o‘qigunimgacha yana el qistaydi qazolarimni o‘qiyolmayapman shu sababli namozdan keyin hadis kitoblarni ham tahoratsiz bo‘ldim deb o‘qiyolmayapman 2 sohibi uzr bo‘lsam masalan xuftonga tahorat olib farzni o‘qiganimdan keyin el kelsa ham qazolarimni o:qisam bo‘ladimi izlash xizmatidan o‘qidim ko‘p bora sohibi uzr shartlarini baribir sizlardan so‘ray dedim ko‘nglim xotirjam bo‘lishi uchun vaqtlaringizni olgan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tayammum qilib uxlasangiz bo‘ladi. Vitr vojibdir. Uni qazo qilib qo‘ymang. O‘z vaqtida tahorat bilan o‘qing. Hadis kitoblarini o‘qish uchun tahorat zaruriy emas.2). Siz sohibi uzr emassiz. Sohibi uzr deb, bir namoz vaqti ichida farzni tahorat bilan o‘qishga imkon topolmagan kishiga aytiladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 249 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar