Insoning suratini chizish

Assalamu alaykum! Islomda insonning suratini chizishga ruhsat berilganmi? Agar ruhsat berilmagan bo‘lsa buning sababi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://old.islom.uz/content/view/152/130/حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، حَدَّثَنَا الْأَعْمَشُ، عَنْ مُسْلِمٍ قَالَ: كُنَّا مَعَ مَسْرُوقٍ فِي دَارِ يَسَارِ بْنِ نُمَيْرٍ، فَرَأَى فِي صُفَّتِهِ تَمَاثِيلَ فَقَالَ: سَمِعْتُ عَبْدَ اللهِ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: إِنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَذَابًا عِنْدَ اللهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ الْمُصَوِّرُونَMuslimdan rivoyat qilinadi: «Masruq bilan birga Yasor ibn Numayrning uyida edik. (Masruq Yasorning) bostirmasidagi suratlarni ko‘rib, dedi: «Abdullohning shunday deganini eshitdim: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni Allohning huzurida eng qattiq azobda bo‘ladigan odamlar musavvirlardir», deyayotganlarini eshitganman».  حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ عِيَاضٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ، عَنْ نَافِعٍ: أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَخْبَرَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: إِنَّ الَّذِينَ يَصْنَعُونَ هَذِهِ الصُّوَرَ يُعَذَّبُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُقَالُ لَهُمْ أَحْيُوا مَا خَلَقْتُمْAbdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu haykallarni yasaydiganlar qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizga jon kiriting!» deyiladi», dedilar». «Suratni buzish» deganda jonzotning suratidan uning boshi yoki boshqa muhim a’zosini yo‘qotish yoki boshqa biror o‘zgarish orqali uning tiriklik ko‘rinishini yo‘q qilish tushuniladi. Jonzotning surati bor narsani tashlab yubormay, undagi suratni buzib, so‘ng foydalanish mumkin.  حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ فَضَالَةَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ يَحْيَى، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حِطَّانَ، أَنَّ عَائِشَةَ رضي الله عنه حَدَّثَتْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم لَمْ يَكُنْ يَتْرُكُ فِي بَيْتِهِ شَيْئًا فِيهِ تَصَالِيبُ إِلَّا نَقَضَهُ Oisha roziyallohu anho shunday so‘zlab berdi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylarida xochsimon suratlarning birortasini qo‘ymay buzib tashlardilar». حَدَّثَنَا مُوسَى، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ، حَدَّثَنَا عُمَارَةُ، حَدَّثَنَا أَبُو زُرْعَةَ قَالَ: دَخَلْتُ مَعَ أَبِي هُرَيْرَةَ دَارًا بِالْمَدِينَةِ، فَرَأَى أَعْلَاهَا مُصَوِّرًا يُصَوِّرُ، قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: «وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ ذَهَبَ يَخْلُقُ كَخَلْقِي، فَلْيَخْلُقُوا حَبَّةً، وَلْيَخْلُقُوا ذَرَّةً». ثُمَّ دَعَا بِتَوْرٍ مِنْ مَاءٍ، فَغَسَلَ يَدَيْهِ حَتَّى بَلَغَ إِبْطَهُ، فَقُلْتُ: يَا أَبَا هُرَيْرَةَ، أَشَيْءٌ سَمِعْتَهُ مِنْ رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم ؟ قَالَ: مُنْتَهَى الْحِلْيَةِ. طرفه Abu Zur’a shunday so‘zlab berdi: «Abu Hurayra bilan birga Madinadagi bir hovliga kirdim. Uning tepasida bir musavvirning surat ishlayotganini ko‘rib, shunday dedi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «(Alloh shunday deydi:) «Men yaratgan narsaga o‘xshash narsa yaratishga uringandan ham zolimroq kimsa bormi?! Qani, bir dona bug‘doy yaratib ko‘rsinlar-chi! Qani, birorta qumursqa yaratib ko‘rsinlar-chi!» deyayotganlarini eshitganman». Keyin bir tavrda* suv opkeltirib, qo‘llarini qo‘ltiqlarigacha etkazib yuvdi. Men: «Ey Abu Hurayra, buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganmisiz?» dedim. U: «(Bu) ziynatning cho‘qqisi», dedi». * Tavr – tosh yoki misdan yasalgan, suyuqliklar uchun mo‘ljallangan, ichi chuqur idish, tog‘oracha. Izoh: Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Xalilim sollallohu alayhi vasallamning «(Oxiratda) mo‘minning bezagi tahorat suvi etadigan joygacha etadi», deyayotganlarini eshitganman». «Sahihul Buxoriy»da 136 raqam ostida kelgan hadisda esa: «Sizlardan kim o‘z nurini uzaytira olsa, shunday qilsin», deyiladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu o‘zi rivoyat qilgan ushbu hadislardan xulosa qilib, tahoratda qo‘lni qo‘ltiqqacha yuvishni yaxshi sanagan. «Bu ziynatning cho‘qqisidir», deganda shuni nazarda tutgan. Bu u kishining ijtihodidir, ammo jumhur ulamolar nazdida qo‘l tirsakkacha yuviladi. حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ قَالَ: سَمِعْتُ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ الْقَاسِمِ - وَمَا بِالْمَدِينَةِ يَوْمَئِذٍ أَفْضَلُ مِنْهُ - قَالَ: سَمِعْتُ أَبِي قَالَ: سَمِعْتُ عَائِشَةَ رضي الله عنه: قَدِمَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم مِنْ سَفَرٍ وَقَدْ سَتَرْتُ بِقِرَامٍ لِي عَلَى سَهْوَةٍ لِي فِيهَا تَمَاثِيلُ، فَلَمَّا رَآهُ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم هَتَكَهُ وَقَالَ: «أَشَدُّ النَّاسِ عَذَابًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ الَّذِينَ يُضَاهُونَ بِخَلْقِ اللهِ». قَالَتْ: فَجَعَلْنَاهُ وِسَادَةً أَوْ وِسَادَتَيْنِ. أطرافه Oisha roziyallohu anho aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan keldilar. Tokchamga suratlari bor pardamni tutib qo‘ygan edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘riboq, uni yirtib tashladilar va: «Qiyomat kuni eng qattiq azobga uchraydigan odamlar Allohning yaratganiga o‘xshatmoqchi bo‘lganlardir», dedilar. Keyin uni bitta yoki ikkita yostiq qilib qo‘ydik». حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ دَاوُدَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَدِمَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم مِنْ سَفَرٍ، وَعَلَّقْتُ دُرْنُوكًا فِيهِ تَمَاثِيلُ، فَأَمَرَنِي أَنْ أَنْزِعَهُ، فَنَزَعْتُهُ. أطرافه وَكُنْتُ أَغْتَسِلُ أَنَا وَالنَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم مِنْ إِنَاءٍ وَاحِدٍ. أطرافه. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam safardan keldilar. Men suratlari bor popukli parda osib qo‘ygan edim. U zot uni echib tashlashimni buyurdilar, uni echib tashladim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir idishdan g‘usl qilar edik». 92-BOB. SURATLAR USTIGA O‘TIRIShNI KARIH KO‘RISh HAQIDA حَدَّثَنَا حَجَّاجُ بْنُ مِنْهَالٍ، حَدَّثَنَا جُوَيْرِيَةُ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ الْقَاسِمِ، عَنْ عَائِشَةَ رضي الله عنه : أَنَّهَا اشْتَرَتْ نُمْرُقَةً فِيهَا تَصَاوِيرُ، فَقَامَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم بِالْبَابِ فَلَمْ يَدْخُلْ. فَقُلْتُ: أَتُوبُ إِلَى اللهِ مِمَّا أَذْنَبْتُ. قَالَ: «مَا هَذِهِ النُّمْرُقَةُ؟» قُلْتُ: لِتَجْلِسَ عَلَيْهَا وَتَوَسَّدَهَا. قَالَ: «إِنَّ أَصْحَابَ هَذِهِ الصُّوَرِ يُعَذَّبُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، يُقَالُ لَهُمْ أَحْيُوا مَا خَلَقْتُمْ. وَإِنَّ الْمَلَائِكَةَ لَا تَدْخُلُ بَيْتًا فِيهِ الصُّورَةُOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Suratlari bor yostiq sotib olgan edim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam eshik oldida turib qoldilar, kirmadilar. Men: «Qilgan gunohimdan Allohga tavba qilaman», dedim. U zot: «Bu yostiq nimasi?» dedilar. «U o‘tirishingiz, yostiq qilib tutishingiz uchun», dedim. U zot: «Ushbu suratlarning egalari qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizga jon kiriting!» deyiladi. Suratalar bor uyga farishtalar kirmaydi», dedilar».  حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ بُكَيْرٍ، عَنْ بُسْرِ بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ خَالِدٍ، عَنْ أَبِي طَلْحَةَ صَاحِبِ رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «إِنَّ الْمَلَائِكَةَ لَا تَدْخُلُ بَيْتًا فِيهِ الصُّورَةُ». قَالَ بُسْرٌ: ثُمَّ اشْتَكَى زَيْدٌ فَعُدْنَاهُ، فَإِذَا عَلَى بَابِهِ سِتْرٌ فِيهِ صُورَةٌ، فَقُلْتُ لِعُبَيْدِ اللهِ رَبِيبِ مَيْمُونَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم: أَلَمْ يُخْبِرْنَا زَيْدٌ عَنِ الصُّوَرِ يَوْمَ الْأَوَّلِ؟ فَقَالَ عُبَيْدُ اللهِ: أَلَمْ تَسْمَعْهُ حِينَ قَالَ إِلَّا رَقْمًا فِي ثَوْبٍ؟ م وَقَالَ ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنَا عَمْرٌو - هُوَ ابْنُ الْحَارِثِ - حَدَّثَهُ بُكَيْرٌ، حَدَّثَهُ بُسْرٌ، حَدَّثَهُ زَيْدٌ، حَدَّثَهُ أَبُو طَلْحَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلمRasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari Abu Talhadan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Farishtalar surat bor uyga kirmaydilar», dedilar». Busr aytadi: «Keyin Zayd bemor bo‘lib qoldi. Biz uni ko‘rgani borsak, eshigida suratli parda turibdi. Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Maymunaning o‘gay o‘g‘li Ubaydullohga: «Zayd birinchi kuni bizga suratlar haqida xabar bermaganmidi?» dedim. Ubaydulloh: «Aytganida «Kiyimdagi naqsh mustasno», deganini eshitmaganmiding?» dedi. * Ushbu hadisni Abu Talha roziyallohu anhudan Zayd ibn Xolid rivoyat qilgan. Busr ibn Sa’id esa hadisni undan naql qilgan roviydir. 93-BOB. SURATLAR(BOR JOY)DA NAMOZ O‘QIShNING MAKRUHLIGI HAQIDA  حَدَّثَنَا عِمْرَانُ بْنُ مَيْسَرَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ صُهَيْبٍ، عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه قَالَ: كَانَ قِرَامٌ لِعَائِشَةَ سَتَرَتْ بِهِ جَانِبَ بَيْتِهَا، فَقَالَ لَهَا النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم : «أَمِيطِي عَنِّي، فَإِنَّهُ لَا تَزَالُ تَصَاوِيرُهُ تَعْرِضُ لِي فِي صَلَاتِي Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Oishaning (suratli) pardasi bo‘lib, u bilan uyining bir tarafini to‘sib qo‘ygan edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga: «Uni oldimdan olib tashla, chunki namozimda suratlari menga ko‘rinaveryapti», dedilar». Izoh: Bu erdagi suratda jonzotning rasmi bo‘lmagan, chunki avvalgi hadislarda Nabiy alayhissalom jonzotning surati bor uyga kirmaganlari aytib o‘tildi. 94-BOB. FARIShTALAR SURAT BOR UYGA KIRMAYDILAR حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سُلَيْمَانَ قَالَ: حَدَّثَنِي ابْنُ وَهْبٍ قَالَ: حَدَّثَنِي عُمَرُ - هُوَ ابْنُ مُحَمَّدٍ - عَنْ سَالِمٍ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: وَعَدَ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم جِبْرِيلُ فَرَاثَ عَلَيْهِ حَتَّى اشْتَدَّ عَلَى النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم ، فَخَرَجَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم فَلَقِيَهُ، فَشَكَا إِلَيْهِ مَا وَجَدَ، فَقَالَ لَهُ: «إِنَّا لَا نَدْخُلُ بَيْتًا فِيهِ صُورَةٌ وَلَا كَلْبٌ Solim otasidan rivoyat qiladi: «Jabroil Nabiy sollallohu alayhi vasallamga va’da qildi yu, keyin hayallab qoldi. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga og‘ir keldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tashqariga chiqqan edilar, uni uchratib qoldilar. Unga bu holatdan shikoyat qildilar. Shunda u: «Biz surat va it bor uyga kirmaymiz», dedi». 95-BOB. SURAT BOR UYGA KIRMASLIK HAQIDA حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ الْقَاسِمِ بْنِ مُحَمَّدٍ، عَنْ عَائِشَةَ رضي الله عنه زَوْجِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم أَنَّهَا أَخْبَرَتْهُ: أَنَّهَا اشْتَرَتْ نُمْرُقَةً فِيهَا تَصَاوِيرُ، فَلَمَّا رَآهَا رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَامَ عَلَى الْبَابِ فَلَمْ يَدْخُلْ، فَعَرَفَتْ فِي وَجْهِهِ الْكَرَاهِيَةَ، قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَتُوبُ إِلَى اللهِ وَإِلَى رَسُولِهِ، مَاذَا أَذْنَبْتُ؟ قَالَ: «مَا بَالُ هَذِهِ النُّمْرُقَةِ؟» فَقَالَتِ: اشْتَرَيْتُهَا لِتَقْعُدَ عَلَيْهَا وَتَوَسَّدَهَا. فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم : «إِنَّ أَصْحَابَ هَذِهِ الصُّوَرِ يُعَذَّبُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَيُقَالُ لَهُمْ أَحْيُوا مَا خَلَقْتُمْ - وَقَالَ - إِنَّ الْبَيْتَ الَّذِي فِيهِ الصُّوَرُ لَا تَدْخُلُهُ الْمَلَائِكَةُ Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Oisha roziyallohu anho xabar qildiki, u surati bor yostiq sotib olibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ko‘ribdilar-u, eshik oldida turib qolibdilar, ichkariga kirmabdilar. (Oisha) u zotning yuzlarida norozilikni payqab, «Ey Allohning Rasuli, Allohga va Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallamga tavba qilaman! Nima gunoh qildim?» debdi. U zot: «Bu yostiq nimasi?» debdilar. «Uni o‘tirishingiz, yostiq qilib tutishingiz uchun sotib oldim», debdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ushbu suratlarning egalari qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizga jon kiriting!» deyiladi», debdilar va: «Suratlar bor uyga farishtalar kirmaydi», deb aytibdilar». 96-BOB. MUSAVVIRNI LA’NATLASh HAQIDA  حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى قَالَ: حَدَّثَنِي غُنْدَرٌ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَوْنِ بْنِ أَبِي جُحَيْفَةَ، عَنْ أَبِيهِ: أَنَّهُ اشْتَرَى غُلَامًا حَجَّامًا، فَقَالَ: إِنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم نَهَى عَنْ ثَمَنِ الدَّمِ، وَثَمَنِ الْكَلْبِ، وَكَسْبِ الْبَغِيِّ، وَلَعَنَ آكِلَ الرِّبَا وَمُوكِلَهُ، وَالْوَاشِمَةَ، وَالْمُسْتَوْشِمَةَ، وَالْمُصَوِّرَ Avn ibn Abu Juhayfa otasidan rivoyat qiladi: «(Otam) bir qortiqchi xizmatkor sotib olib, «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qonning pulidan, itning pulidan va buzuqning topgan pulidan qaytardilar hamda ribo eyuvchini va uni ediruvchini, vashm qiluvchini, vashm qildiruvchini va musavvirni la’natladilar», dedi». 97-BOB. «KIM SURAT ChIZSA, QIYoMAT KUNI ZIMMASIGA O‘ShANGA RUH PUFLASh YuKLATILADI, U ESA (RUH) PUFLAY OLMAYDI!» حَدَّثَنَا عَيَّاشُ بْنُ الْوَلِيدِ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْأَعْلَى، حَدَّثَنَا سَعِيدٌ قَالَ: سَمِعْتُ النَّضْرَ بْنَ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ يُحَدِّثُ قَتَادَةَ قَالَ: كُنْتُ عِنْدَ ابْنِ عَبَّاسٍ وَهُمْ يَسْأَلُونَهُ وَلَا يَذْكُرُ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم حَتَّى سُئِلَ، فَقَالَ: سَمِعْتُ مُحَمَّدًا صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: «مَنْ صَوَّرَ صُورَةً فِي الدُّنْيَا كُلِّفَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَنْ يَنْفُخَ فِيهَا الرُّوحَ، وَلَيْسَ بِنَافِخٍ Sa’id shunday so‘zlab berdi: «Nazr ibn Anas ibn Molikning Qatodaga shunday so‘zlab berayotganini eshitdim: «Ibn Abbosning huzurida edim. Undan savol so‘rashar, u esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan gapirmas edi. Nihoyat, (bir narsa haqida) so‘raldi. Shunda u: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning «Kim dunyoda bir surat chizsa, qiyomat kuni zimmasiga o‘shanga ruh puflash yuklatiladi, u esa puflay olmaydi», deyayotganlarini eshitdim», dedi».(“Oltin silsila” kitobidan “Sahihi Buxoriy”). Vallohu a’lam.

27 Aprel 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 210 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar