Shirk va qalb

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh shirk degan hukmni odamga tamg‘a qilib qo‘ygan bo‘lsa, u odamning qalbida qanday o‘garishlar bo‘ladimi?
2) Shirk tamg‘asi urilgan odam, Qur’on eshitsa qalbi yumshab, namoz o‘qisa halovat engillik, amru maruf eshitsa rohatlanib, gunohlarini eslasa Allohga yig‘lab yolvoradimi yoki bu narsalar uni tark etadimi? Shu narsani batafsil tushuntirib bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat bir to‘g‘ri chiziqni chizib qo‘ygan. Halolni ham haromni ham belgilab qo‘ygan. Nima shirk va nima shirk emasligin ham. Kimnidir sal narsaga yig‘lab yuborishi, gohida namoz o‘qisa ham rohatlanib o‘qishi uning Allohning huzurida muqarrab banda ekanligiga dalolat qilmaydi. Biror kishi namozga mustahkam, halol-haromni to‘g‘ri ajrata oladigan, unga amal qiladigan va salga yig‘lamaydigan kishi bo‘lsa muqarrab emas degan gap ham yo‘q. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 151 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar