Sovchi ustiga sovchi qabul qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda bir qizga sovchi qo‘ygandim. O‘zi imonli, ilmli va 5 vaqt namoz o‘qiydi. Lekin qizni Onasi Onamga maslaxat qilaylik deb bir necha marta qaytarib kutishimizni aytibdi. Onam oxirgi borganda surishtirib bizdan keyin yana 2 ta sovchilarni qabul qilgan ekanligini bilib qolibdi. Shunday bo‘lsada bizga na ijobiy na salbiy javob bergan. Boshqa sovchilarga biz xaqimizda aytganmi-yo‘qmi bilmaymiz, ular xam xaligiacha kelishayotgan ekan. Ammo bu noto‘g‘riligini bilganim uchun boshqa bormasligi onamga aytdim. Chunki shariatda sovchi ustiga sovchi qo‘yish mumkin emasligini eshitgandim. Savolim shuki endi biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? Javob uchun oldindan rahmat. Hurmat bilan muxlisingiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sovchilar bir-birlarini bilmasdan sovchilik qilib qo‘ygan bo‘lsalar zarari yo‘q. Bu erda gap qiz tomonda bo‘lib, ular qizlarini kimoshdi savdosiga qo‘ygandek qilmasliklari kerak. Qiz tomon kimga berish o‘zining ixtiyori, qanday yo‘l tutish sizni ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush