Ota bolasidan norozi bo‘lib o‘tib ketsa

Assalomu alaykum! Agar ota o‘z farzandidan yoki bir kishi boshqa bir kishidan norozi holda vafot etgan bo‘lsa. Farzand yoki ikkinchi kishi bu ish qiyomatda sal engilroq bo‘lishi uchun otaning yoki "birinchi kishining nomidan" masjid qursa yoki yordam bersa, ko‘prik qursa yoki yordam bersa. Qiyomatda shu ishni dalil qilsa bo‘ladimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sexrlashgani to‘g‘risidagi xadis saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ota-onani norozi qilish og‘ir gunoh. Ulardan keyin qilingan yaxshi amallarni dalil qilsa ham, bu xatolarni yuvishiga kafolat emas. Lekin ota-ona farzandidan norozi bo‘lib vafot qilib ketgan bo‘lsa, ularni nomidan ko‘p yaxshiliklar qilinsa ota-ona tomonidan kechirilishini umid qilinadi.
2) Imom Muslim o‘zlarining “sahih”larida quyidagi hadisni rivoyat qilganlar: عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها، قَالَتْ: سَحَرَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَهُودِيٌّ مِنْ يَهُودِ بَنِي زُرَيْقٍ، يُقَالُ لَهُ: لَبِيدُ بْنُ الْأَعْصَمِ، قَالَتْ: حَتَّى كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَفْعَلُ الشَّيْءَ، وَمَا يَفْعَلُهُ، حَتَّى إِذَا كَانَ ذَاتَ يَوْمٍ، أَوْ ذَاتَ لَيْلَةٍ، دَعَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ دَعَا، ثُمَّ دَعَا، ثُمَّ قَالَ: «يَا عَائِشَةُ، أَشَعَرْتِ أَنَّ اللهَ أَفْتَانِي فِيمَا اسْتَفْتَيْتُهُ فِيهِ؟ جَاءَنِي رَجُلَانِ فَقَعَدَ أَحَدُهُمَا عِنْدَ رَأْسِي وَالْآخَرُ عِنْدَ رِجْلَيَّ، فَقَالَ الَّذِي عِنْدَ رَأْسِي لِلَّذِي عِنْدَ رِجْلَيَّ، أَوِ الَّذِي عِنْدَ رِجْلَيَّ لِلَّذِي عِنْدَ رَأْسِي: مَا وَجَعُ الرَّجُلِ؟ قَالَ: مَطْبُوبٌ، قَالَ: مَنْ طَبَّهُ؟ قَالَ: لَبِيدُ بْنُ الْأَعْصَمِ، قَالَ: فِي أَيِّ شَيْءٍ؟ قَالَ: فِي مُشْطٍ وَمُشَاطَةٍ، قَالَ: وَجُفِّ طَلْعَةِ ذَكَرٍ، قَالَ: فَأَيْنَ هُوَ؟ قَالَ: فِي بِئْرِ ذِي أَرْوَانَ». قَالَتْ: فَأَتَاهَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي أُنَاسٍ مِنْ أَصْحَابِهِ، ثُمَّ قَالَ: «يَا عَائِشَةُ، وَاللهِ لَكَأَنَّ مَاءَهَا نُقَاعَةُ الْحِنَّاءِ، وَلَكَأَنَّ نَخْلَهَا رُءُوسُ الشَّيَاطِينِ» قَالَتْ فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ أَفَلَا أَحْرَقْتَهُ؟ قَالَ: «لَا، أَمَّا أَنَا فَقَدْ عَافَانِي اللهُ، وَكَرِهْتُ أَنْ أُثِيرَ عَلَى النَّاسِ شَرًّا، فَأَمَرْتُ بِهَا فَدُفِنَتْ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Banu Zurayq yahudlaridan Labid ibn A’sam degan bir yahudiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sehr qildi. U zotga bir ishni qilgandek tuyular, vaholanki uni qilmagan bo‘lardilar. Bir kuni [yoki bir kecha] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar, so‘ng yana duo qildilar, so‘ng yana duo qildilar, so‘ng shunday dedilar: «Ey Oisha, sezdingmi, Alloh U Zotdan so‘ragan narsam haqida javob berdi. (Tushimda) huzurimga ikki kishi kelib, biri bosh tarafimga, boshqasi oyoq tarafimga o‘tirdi. Bosh tarafimdagisi oyoq tarafimdagisiga [yoki oyoq tarafimdagisi bosh tarafimdagisiga]: «Bu kishining dardi nima?» dedi. (Ikkinchisi) «U sehr qilingan», dedi. «Uni kim sehrlagan?» dedi. «Labid ibn A’sam» dedi. «Nima narsaga?» dedi. «Taroq, to‘kilgan soch va erkak xurmo tugunchasining qobig‘iga», dedi. «U qaerda?» dedi. «Zu Arvon qudug‘ida», dedi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha sahobalari bilan uning oldiga bordilar. Keyin u zot: «Ey Oisha, Allohga qasamki, uning suvi xuddi hinoning ivitmasiga,* xurmolari esa shaytonlarning boshiga o‘xshab ketgan ekan», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, uni kuydirib tashladingizmi?» dedim. U zot: «Yo‘q. Menga Alloh shifo berib bo‘ldi. Lekin boshqa odamlarga yomonligi tegmasin deb, ko‘mdirib tashladim», dedilar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar