Nasiya savdoda kelishish

Assalomu alaykum! Men mashinamni bir birodarimizga nasiya savdoga kelishgan holda sotganman u 2 oylik to‘lovini qildi va boshqa taklif bilan yani men unga bergan obshiy summandan ozroq otib bersam muddatidan oldin yopishini aytdi 3oyda hammasini beraman db taklif bildirdi. Shu holatda ikki tomon kelishib baraka qilsak joizmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizning moshinangizni taqsit savdosi bilan sotgansiz. Shuning uchun yo hamma pulini olasiz yoki bayni bekor qilib hamma pulingizni qaytarib olasiz va yangi bay qilib savdolashasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar