Nasiyaga olingan mashina
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im arendaga yani nasiyaga mashina olganlar kelishuv vaqtida 2 yil davomida har oyda 250 dollardan to‘lab borishga kelishilgan. Dollar kursi har oyda o‘zgarib turadi. Endi esa bankdan qarzga pul olaman va arendaga olingan mashina pulini bankdan olgan pulim bilan to‘lab yuboraman deyapdilar. Keyin esa har oy bankga so‘mda kelishilgan pulni to‘lab boraveraman didila. Men esa bunga qarshiman. Bankdan olmang bankda foizi bor riboga kirib qoladi desam ikki tomon kelishib olinadiku san rozi bo‘lib berasan o‘sha foizini didila. Ham bankda dollar kursida emas so‘mda to‘ladi shunisi maqul deyapdilar. Men izlash xizmatidan naqdga arzonroq nasiyaga qimmatroqga sotish taqsit deyilishi haqida o‘qib chiqdim hozirgi vaqtda turmush o‘rtog‘imning holatlari ham shu taqsit savdosiga to‘g‘ri keladimi? Bu holat ribo emasku to‘g‘rimi arendaga olingan mashinani nasiyaga qancha miqdorda to‘lanishi aniq qilib belgilangan muddati ham aniq shunchaki to‘lov usuli dollarda bo‘lganligi bois turmush o‘rtog‘im bunda ham foiz bor deyaptilar ularning gaplari qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringizni mashina olgan savdosi taqsit ekan. Lekin bank qarz berib qaytarib olishda ustamasi bilan oladi. Buning hukmi shariatimizda ribo bo‘lib, mutlaqo haromdir. Ikki tomon rozi bo‘lgani Alloh harom qilgan narsani halolga aylantirib qo‘ymaydi. Eringiz Allohdan qo‘rqsin. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:30 | Savol-javoblar | 197 | Moliya va tijorat