Allohga qaytish

Assalomu alaykum! Allohga qanday qaytish mumkin? Qanday qilib Allohga yaqin bo‘lish mumkin? Virdlar va qanday vazifalar qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmonlik xarakteri degan narsa bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga uzoq yurtlardan vaxshiy hayotga o‘rgangan, dinu-diyonatdan yuz foiz mahrum insonlar kelishar, o‘n kun, uzog‘i bilan bir-ikki oy turishar va o‘z yurtlariga qaytib ketishar edi. Shu ikki oy mobaynida ular Qur’onni to‘liq yodlamasdilar, sunnatlarni ham to‘liq o‘rganib olishmas edi. Shunday bo‘lsa ham Alloh ularni eng odil shaxslar, O‘zi rozi bo‘lgan va ular ham Allohdan rozi bo‘lgan darajaga ko‘tardi. Ular shu 10-20 kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima o‘rgangan deb o‘ylaysiz? Ular musulmonlik xarakteri degan narsani o‘rganganlar va shunda sobitqadam bo‘lib qolishga harkat qilganlar. Yolg‘on gapirish to‘g‘ri kelsa bu musulmonni xarkateri emas, bu fosiq-fojirning xarakateri. Va’daga xilof qilish to‘g‘ri kelsa, bu musulmonni xarakteri emas bu munofiqning xarakteri. Robbisini amriga itoat qilmaydigan holat, namoz-ro‘zani tark qilish holatiga ro‘para bo‘lsa bu musulmonning xarakteri emas, bu kofir-mushriklarni xarakteri. Birovning molini olishga to‘g‘ri kelib qolsa bu musulmonni xarakteri emas, bu zolimning xarakteri – deya olganlar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shuni o‘rganganlar. Ular hech bir narsa evazsiz bo‘lmasligini cho‘qur his qilganlar. Alloh taoloning jannatini ham albatta bir badali bor deb bilib, o‘sha badalini to‘lashga harkat qilganlar. Qup-quruq qo‘l bilan jannatni orzu qilib o‘tirishavermaganlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 209 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar