Bitta qo‘y o‘g‘irlanganini bilsa go‘sht emaslik

Assalomu alaykum! Bir kitobda o‘qib qoldi o‘z zamonasining axli imli bir kishi bo‘lgan ekan. O‘sha kishi ko‘chada ketayotsam bir odam qo‘yini o‘g‘rilab ketishganini baqirib xalqqa aytayotgan ekan o‘sha axli ilm inson xam buni eshitibdi va darxol qassobning oliga borib undan so‘rabdi! Bitta qo‘y o‘rtacha qancha umr ko‘radi? Qassob javob beribdi 10-12 yil. Shundan so‘ng O‘sha inson 12 yil go‘sht emasliini vadasi va ( emagani) aytilgan. Albatta bu xaromdan saqlanishi uchun ibratli. Agar shu vaziyatda Xalol puliga go‘sht olib esa (sotib olgan odam uchun) uning shariatda xukmi qanday??? 2. Xozirgi zamonda qo‘y o‘rniga boshqa tovar bilan taqqoslasak yani pul. Pul menga va bizga kelguncha qadar xalol ishlovchi insonning qo‘lidan yoki xarom ish qiluvchi (masalan zinokor, massajchi, mayxona, qimorxona va boshqalar) inson qo‘lidan o‘tgan bo‘lishi mumkun lekin buni xalol mexnat evaziga ish xaqqi sifatida olsa buni xukmi qanday? Ikkala xolatda xam tovar boshqa lekin xolat (vaziyat) o‘xshash biz xam o‘sha xarom yo‘l bilan pul topuvchilar toki yo‘q bo‘lib ketguncha qadar pul ishlatmachligimiz (olmasligimiz) kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hikoya halol eyishga e’tiborli bo‘lish uchun keltirilgan misol. Shariatdagi hukmlar, halol-harom dalil va hujjat bilan sobit bo‘ladi. Bu kabi hikoyalar shar’iy hukmga asos bo‘la olmaydi. Shariatga muvofiq siz biror molni o‘g‘irlangan yoki zo‘ravonlik ila tortib olinganini aniq bilsangiz, uni sotib olishingiz joiz bo‘lmaydi. Shuningdek siz har bir olyapgan narsangizni qanday yo‘l bilan kelganini bilishga mas’ul emassiz. Noshar’iy yo‘l bilan kelgan degan gumoningiz bo‘lgan narsalarni olmasangiz, taqvo qilsangiz yaxshi bo‘ladi. Lekin har bir narsada gumonsirashingiz durust emas. Halol narsani talab qilishda ham haddan oshish yaxshi oqibatga olib kelmaydi.
2) Pul yoki boshqa narsalar biror gunohkor kishining qo‘lidan o‘tishi bilan harom bo‘lib qolmaydi. Siz uni shariatga muvofiq halol mehnat bilan topgan bo‘lsangiz, kimning qo‘lidan o‘tganining ta’siri yo‘q. Shuning uchun dinimizni o‘rganishga harakat qilishimiz kerak. Sizning savollaringiz o‘zingizdagi halollikka dalolat qilishi bilan birga, diniy ilmlaringiz etarli emasligini ko‘rsatib turibdi. Dinga ixlosning o‘zi bilan amal qilib bo‘lmaydi, ilm ham bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar