Tilovati mansux bo‘lgan oyatlar
Assalomu alaykum! Hukmi qolib tilovati mansux bo‘lgan oyatlar borligini bildim. Shunday oyatlar nechta va qanday ma’nodagi oyatlar ekanligi xaqida ma’lumot bormi? Buning hikmati ma’lummi yoki Allohning O‘zi biladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hikmatini Allohning O‘zi biladi. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: مَا نَنسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِّنْهَا أَوْ مِثْلِهَا أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللّهَ عَلَىَ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 106. Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unuttirsak, undan yaxshisini yoki unga o‘xshashini keltirurmiz. Albatta, Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilmadingmi? «Nasx» so‘zi lug‘atda «o‘zgartirish», «bekor qilish» degan ma’nolarni bildiradi. Shariat ta’rifida esa bir shar’iy hukmning undan keyin kelgan shar’iy dalil bilan bekor qilinishiga aytiladi. Tushunish uchun oddiy bir misol keltiradigan bo‘lsak, ko‘pchilik bo‘lar-bo‘lmasga Nabiy alayhissalomning huzurlariga kirib, bekorchi gaplar bilan u zotning vaqtlarini olaverganidan so‘ng Alloh taolo oyat nozil qilib, kim Nabiy alayhissalom bilan huzurlarida yolg‘iz qolib gaplashmoqchi bo‘lsa, uni gaplashishdan oldin sadaqa qilishga buyurdi. Odamlar bu orqali Nabiy alayhissalomning qimmatli vaqtlarini bekor o‘tkazmaslik lozim ekanini anglab etganlaridan so‘ng boshqa oyat nozil qilib, avvalgi hukmning bekor qilingani e’lon etildi. Ushbu oyati karimalarda Alloh taolo har bir narsaga qodir ekani ta’kidlangan. Ana shu qudrati ila xohlagan oyatni nasx qiladi, xohlaganini unuttiradi. Bu xohishni yahudiylar chegaralay olmaydilar. Shuningdek, osmonlaru erning mulki Allohniki, jumladan, qaysi oyatni nasx etish, qay birini unut qilish ham U Zotning O‘zining mulki, O‘zi biladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Ushbu oyatdan qaysidir bir oyatlar mansux bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi. Tilovati mansux bo‘lib hukmi qolgan oyatlar haqida ulamolar ixtilof qilib, eng mashhurlari ikkitadir. Bir chaqaloq besh bor bir ayolni emsa, onasi bo‘lib qolishi oyati hamda zinokor erkak va zinokor ayolni toshbo‘ron qilish oyatidir. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 08:12 | Savol-javoblar | 205 | Qur’oni karim