Maoshim halol bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ishxonada lavozimim oddiy bo‘lgani uchun uzog‘i bilan 1soatda ishlarimni qilib bo‘lib qolgan vaqtimni Qur’on o‘qish va suralarni yodlash bilan o‘tkazaman. Lekin menga bir kunda 7 soatlik ish haqqi beriladi. Buning uchun menga to‘lanadigan maoshim halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rahbar bilan kelishing. Siz aytgandek ba’zilar ishni tez bajaradi, ba’zilar esa bir kunlik ishni ikki kunga kechiktiradi. Agar ish bay bo‘lsa qolgan vaqtingizni xohlaganingizcha o‘tkazishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar