Xalolmi yoki Xarom

Assalamu alaykum shayx xazratlari meni bir savolim bor edi kulizdan kelgunicha yordam bers angiz.Meni yakin urtogim Kukaldosh madrasasini 2003 yil tugatganlar mana 2003 yildan beri Islom Universitetiga topshiradi lekin imtixonlar judayam kiyin kirolmayapti pul surayapti juda katta pul.Pora olish katta gunoxku desak sen beraver kiyomatta men javob beraman deyapti.Xup mayli biz oshna ogaynilardan xomiy topib pul bersak xalolmi yoki Xarommi iltimos tulik ma’lumot bering yoki boshka imkoniyatlar bulsa ayting lekin bundan uch yil oldin Muftiy xaztiy xazratlari urtaga tushib xal kilib berolmagan edi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».Abu Dovud, Ahmad va Termiziy sahih sanad ila rivoyat qilgan.Pora arab tilida rishva deb atalib, shar’iy istilohda, haqni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga aytiladi. Misol uchun birovning bir narsada haqi bor, o‘sha haqni olish uchun hokimning hukmiga qarab turibdi. Ikkinchi bir odam kelib o‘zi haqdor bo‘lmasa ham hokimga pul berib, o‘z foydasiga o‘sha narsani berishni so‘raydi. Hokim o‘sha ishni qilsa, haqdorning haqi poymol qilib, nohaqdan birov foydasiga hukm qilgan bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bu holatda pora beruvchi ham, pora oluvchi ham nohaq ish qilmoqda, birovning haqqiga xiyonat qilib o‘z foydasini ko‘zlamoqda. Ushbu harom ishni qilganlari uchun Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ikkovlarini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir. Chunki, la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Allohdan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum.Odatda pora oluvchini qoralash ma’nosida ko‘p gapiramizu, pora beruvchi to‘g‘risida gapirmaymiz. Holbuki, ushbu hadisi sharifdi pora beruvchi oldin zikr qilinmoqda. Chunki, pora deb nomlangan iqtisodiy, axloqiy, ijtimoiy jinoyatni boshlovchi pora beruvchidir. Boshqa hollarda ko‘proq tama’ qilgani uchun pora beruvchi majbur bo‘lib berganini etiborga olganga o‘xshab ko‘rinamiz. Ammo o‘sha «majbur» bo‘lish ham ikki xil bo‘ladi. Bu holda pora beruvchini qandoq qilib uzrli deya olishimiz mumkin? Hech mumkin emas. Undoq pora beruvchi pora oluvchiga qo‘shilib la’natga duchor bo‘lishida hech shubha yo‘q. Ikkinchi holatda pora beruvchi poraxo‘rning tanasi tufayli o‘z haqqiga erishish uchun pora berishga majbur bo‘ladi. Ba’zi tobeinlar va ulamolar ushbu holatda pora beruvchi uzrli hisoblanadi, la’natga uchramoqligi umid qilinadi, deganlar. Lekin, boshqa ba’zi ulamolarimiz bu holatda ham pora beruvchi uzrli hisoblanmaydi, deganlar. Ushbu masalada kelgan boshqa hadisi sharifda uchunchi bir shaxs-pora beruvchi bilan pora oluvchi o‘rtasida turgan vositachi ham la’natlangan.Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Alloh pora beruvchini, pora beruvchini va ikkovlari o‘rtasida yuruvchi porasini la’natlasin», deyilgan.

27 Aprel 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar