Tomog‘i og‘rigan odamni namozi

Assalomu alaykum! Agarda insonning ovoz organlari kassalangan bo‘lsa, namozning ovoz chiqarish kerak bo‘lgan joylarini pichirlab o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng kamida o‘zi eshitadigan darajada pichirlab o‘qishi shart. Chunki namozda qiroat farz. Maxfiy qiroatning eng kami o‘zi eshitadigan darajada bo‘lishi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar