Aqiyqada so‘yiladigan jonliqning adadi
Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nabiralari uchun bittadan qo‘y so‘yganliklari va o‘g‘il farzandga ikki qo‘y so‘yilishi haqidagi xadislarni o‘qidim. Savolim o‘g‘il farzandga imkoniyatiga qarab bir yoki ikkita qo‘y so‘yiladimi yoki bir qo‘chqor bo‘lmasa ikki sovliq qo‘y so‘yiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bitta so‘yish ham ikkita so‘yish ham kelgan. Qodir bo‘lsangiz 2ta so‘ying. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَقَّ عَنِ الْحَسَنِ وَالْحُسَيْنِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا كَبْشًا كَبْشًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: عَقَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْحَسَنِ بِشَاةٍ وَقَالَ: يَا فَاطِمَةُ، احْلِقِي رَأْسَهُ وَتَصَدَّقِي بِزِنَةِ شَعَرِهِ فِضَّةً، فَوَزَنَّاهُ فَكَانَ وَزْنُهُ دِرْهَمًا أَوْ بَعْضَ دِرْهَمٍ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarga bittadan qo‘chqor so‘yib, aqiyqa qildilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasanga bir qo‘y so‘yib, aqiyqa qildilar va:
«Ey Fotima, uning sochini olib, sochi vaznida kumush sadaqa qilgin», dedilar. Bas, tortsak, uning vazni bir dirham yoki dirhamning ba’zisicha chiqdi», deyilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan o‘g‘il bolaga, albatta, ikkita qo‘y so‘yib, aqiyqa qilish shart emasligi, bitta qo‘y so‘ysa ham bo‘laverishi kelib chiqmoqda. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘z nabiralariga bittadan qo‘chqor so‘yganlari shuni ko‘rsatadi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘z qizlariga xitob qilib:
«Ey Fotima, uning sochini olib, sochi vaznida kumush sadaqa qilgin» deyishlaridan bunga o‘xshash ishlarni onalar qilishlari afzalligi anglashiladi.
Bolaning sochi vaznida kumush sadaqa qilish mustahab amal bo‘lib, bolaning yaxshi o‘sishi uchun qilingan yaxshi niyatning belgisidir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 02:48 | Savol-javoblar | 159 | Bola tarbiyasi