Kasallik sabab tahorat

Assalomu alaykum! Men yaqinda shamolladim, gaymarid bo‘lanibdi, burnumdan biroz yiring oqadi. Tabib aytdi suv ishlatish mumkin emas deb. Keyinchalik g‘usl ham vojib bo‘lib qoldi, keyin g‘uslga deb tayammum qildim. Keyin namozga deb tahorat qildim, lekin yuzimni yuvmadim bir mato qo‘yib ustidan masx tortdim. Shu ishlarim to‘g‘rimi? Yoki boshqa yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘uslda yuvsa zarar qilmaydigan joylarni yuving qolganiga mash torting. Tahoratda ham shunday. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:48 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar