Kitobga yozish xaqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir tanishim Yosinni yod olishimni maslaxat berib, kompyuteridan pechat qilib chiqarib muqova yasab steplerda maxkamlab berdi. Pechatdagi xatolik tufayli so‘zlari bir biriga qo‘shilib ketgan. Men o‘zimga qulay bo‘lishi uchun flamasterda so‘zlarini ajratib, xarflarini to‘g‘irlab chiqdim(k ni q ), mp3 sini eshitib. Keyin tekshirsam (kitobini o‘zim olib) xatolaram qiganman(uniyam to‘g‘irladim). mp3 eshitib yod ololmayman. Xotiramda o‘qib yod olgan ko‘proq qoladi. So‘zini ustiga etilishini xam yozdim. Xullas xunuk xolga kelib qoldi. Xozir shundan foydalanib yod olishda davom etvomman(boshka xam topdim kitobini) menga shu o‘zim to‘g‘irlaganim qulayroq. Chizib yozib bo‘lgach o‘ylab qoldim, beHurmatlikmasmikin deb. Maslaxat bering pechat qilingan Yosinni nima qilay? Shunday qolaversinmi yoki bosh qacha yo‘l maslaxat berasizlarmi? Vaqtingizni olganimdan xijolatdaman. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yoqib yuboring. Kulini chetroq joyga tashlang. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar