Uylanish masalasi
Assalomu alaykum! Yoshim 31da. Uylanishni ancha oldin niyat (reja) qilganman, lekin ikkita muammo bor edi. Birinchisi to‘y marosimlari harajati uchun mablag‘, ikkinchisi mendan avval opam bor (2 yosh katta). Shu sabab bilan ota-onam meni uylanishimni orqaga surib kelishdi. To‘y harajatlari uchun mablag‘ topa olaman (qo‘limda hunarim bor Alhamdulillah), lekin aynan hozirgi vaqtda opam hali turmush qurmagani sabab undan oldin meni uylanishimni orqaga surishyapti. Ya’ni "Opangdan keyin uylanasan" deyishyapti, lekin yoshim o‘tyapti. Bunday holat uchun shariatimizda qanday yo‘l bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz opalaringizni kutib o‘tirmay ulardan avval oila qurishga shar’an haqqingiz bor. Agar bu ish bilan ularga ozor etishidan qo‘rqsangiz, ularni tezroq turmushga berish harakatini qilinglar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush