Donorlik qilib pul olsa

Assalomu alaykum! Savolim donorlik (qon berish) haqida. Otamni har ikki uch oyda shifokorlar telefon orqali chaqirishib otamdan donorlik uchun qon olishadi va ma’lum bir miqdorda pul berishadilar. Otamning bu ishlari ya’ni qon berishlari to‘g‘rimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qon sotib uni pulini olish joiz emas. Shariatimizda o‘zi harom bo‘lgan narsani savdosi ham harom hisoblanadi. Qon evaziga emas, lekin qon topshiruvchilarga biroz o‘zlariga kelib olishlari uchun berilayotgan shirinliklar bo‘lsa zarari yo‘q. Bu qon evaziga bo‘lmay donarning salomatligi uchundir. Zarurat yuzasidan qon berishi joiz. Lekin sotish joiz emas.
 Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi:  إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللّهِ 173. Albatta, U Zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqa go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni harom qildi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 149 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar