Joynamozdagi rasmlar
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, bir birodarmiz joy namoz haqida yozibtilar. Undagi gullarda xayvon surati ko‘rinyapti ekan. Bundan 2 yilcha oldin Qirg‘izistonlik bir ayol shu haqida aytib o‘tgandi. Men xam joynamozimda gullar chizilgan rasmda sigir, cho‘chqa va boshqa maxlukotlar rasmi ko‘rinadi? Bu kimni ishi din dushmanlari ishimi? Bunday joynamozda namoz o‘qisa bo‘ladmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsalar namozning xushu’siga ta’sir qiladi. Sodda naqsh va suratsiz joynamozlarda o‘qishga harakat qilish kerak. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى فِي خَمِيصَةٍ لَهَا أَعْلَامٌ، فَنَظَرَ إِلَى أَعْلَامِهَا نَظْرَةً، فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ: «اذْهَبُوا بِخَمِيصَتِي هَذِهِ إِلَى أَبِي جَهْمٍ، وَائْتُونِي بِأَنْبِجَانِيَّةِ أَبِي جَهْمٍ، فَإِنَّهَا أَلْهَتْنِي آنِفًا عَنْ صَلَاتِي». وَقَالَ هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ: عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: كُنْتُ أَنْظُرُ إِلَى عَلَمِهَا وَأَنَا فِي الصَّلَاةِ فَأَخَافُ أَنْ تَفْتِنَنِي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam naqshli xamiysada* namoz o‘qidilar va uning naqshlariga bir nazar soldilar. Tamomlagach: «Bu ko‘ylagimni Abu Jahmga eltib beringlar va menga Abu Jahmning anbijoniyasini* olib kelinglar. Chunki u hozir meni namozimdan chalg‘itdi», dedilar». Hishom ibn Urva otasidan, u Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namozda turganimda uning naqshlariga ko‘zim tushib, meni fitnaga solib qo‘yishidan xavfsiradim», deganlar». * Izohi 298-hadisda. * Anbijoniya – Anbijon degan joydan keltiriladigan naqshsiz qalin en kiyim. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:11 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar