ayol va kupxotinlik

Assalamu alaykum.Xozirgi kunda jamiatimizda kupxotinlik xolatlarini guvoxi bulayapmiz. Aslida bunga Islom ruxsat bergan. Ammo kunimizda musulmonlarning aksar kismi bu amalning sunnat ekanligini rukach kilishmokda-yu, ammo amalda bu xolatlar ayollarimizga zulm tusini olmokda. Kur’oni karimda suz borgan adolat xakida kamdan kam odam bosh kotirmokda, nazarimda.Uzim ayol kishi bulganim va kupxotinlikning foyda ularok zararga aylanayotganini kup bora guvoxi bulganim uchunbu amal xakida uylanib koldim. "Men xam turmush urtogimni boshka bir ayolga uylanishini istamayman" degan suzimiz goxida jinoyatchining ikroriday kutib olinadi. "Alloxning amriga karshi chikish mumkin emas!"ligini eshitaman. Albatta (nauzubillax) bunday niyatim yuk. Ammo kupxotinlik amr (farz) yoki buyurilgan sunnat bulib kelmaganku?Eri uylangan takdirda xam, uni ikkinchi ayoliga rashk kilish xam kattik koralanadi. Va bu "Muslimani siz singlingiz yoki opangiz kabi kabul kilishingiz kerak" kabilidagi suzlar bilan dalillanadi. Ammo meni kiynagan narsa Islom rashkni ma’kullagan xolda yukoridagi xolatda esa ta’kiklaganmi? Yana bir savollardan biri: Nabiy s.a.v. Ali r.a.ga ikkinchi ayolga uylanishga (ba’zi xollarda xatto churi olishga xam) ruxsat bermaganlari ma’lum. Shu xolatning uzidan kupxotinlik xakidagi oyat amr emas va ayolning kalbiga ogir botishining isboti emasmikin?"Erini uylantirib kuygan ayolning jannatga doxil" bulishi xakida turli xadis va rivoyatlar keltirilgan. Ammo ularning aksari saxix asosga ega emas. "Erimni uylanishini istamayman", degan suzlarga esa "Er sening mulking emas", turidagi ta’na va dashnomlar xam eshitib kolamiz. Ammo bu suzlar ochigi achchik botadi, chunki bu gaplarni aytayotganlarning aksari erkaklar. Keyin Islomda ayolning erida, erning esa ayol oldida Allox buyurgan xakku xukuklari bor.Bu gaplar esa ayolning er ustida xakki yuk, va u uz bilganini kilishi mumkin, degan fikrga olib keladi. Va oxirgi payt bu odat tusiga kirib bormokda. Bu nazarimda Islomgacha bulgan jamiyat illatlaridan. Paygambarimiz s.a.v. davrlarida xakikiy foyda bulgan bu amal, oxirgi paytlarda shaxvoniy lazzat izlash tarikasiga utib ketgan. Ikkinchi ayollikka nomzodlarning yosh va navkiron bulishlari asosiy shartlardan biri bulib kolgan. Ikkinchi ayol birinchisidan kura yaxshirok sharoitda va xurmatda. Axir saxobiylar yoshlari katta, beva kolgan, etim esir bolalari kup ayollarga uylanganlar. Rashk borasi esa kalb amali, uni berkitishni yoki man kilib kuyishni iloji yuk. Tabiiyki erini yosh juvonga (ba’zi xollarda kizga) uylanganini kurgan birinchi ayol kup xollarda uzini kamsitilgan yoki keraksizga aylanganday xis kiladi? Ayrim xolatlarda shu bilan xurlanadi xam. Muslima ayol eri ikkinchi ayolga uylangan takdirda shariat doirasidan chikmasdan uzini kanday tutishi lozim va nimalar talab kilishga xakli?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mulohazalaringiz to‘g‘ri. Buning uchun sizga tashakkur!- Muslima ayol eri ikkinchi ayolga uylangan takdirda to‘liq adolatni talab qilishga haqli.

21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar