Buyumlarni ijara bersa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Men bir biznes reja qilmoqchi edim. Unda qurulish asbob uskunalari bolg‘adan tortib generatorgacha bo‘lgan mahsulotlar va hokazolarni ijaraga beruvchi bir korxona tuzmoqchi edim. Shu ishim halol kasb bo‘ladimi? Uskunalari qimmat bo‘lganligi sababidan ustalar sotib ololmaydi, shunda ularni ijara olib ishlatishlari uchun qilsam degandim. Bu masalada avvalo siz din vakillaridan maslahat so‘rashni afzal bildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Ijaraning qonuni bor, unda iste’mol qilinganda yo‘q bo‘lib ketadigan narsani ijaraga berilmaydi. Shuning uchun ulamolarimiz doimo to‘ylarda chaq-chuqi va mevalarni ijarasi joiz emas deb aytib keladilar. Undan boshqa siz aytgan narsalarni ijaraga berish joiz. Bir jihatdan ommaga qulaylik ham hisoblanadi. Siz “Kifoya” kitobidan ijara bobini o‘qib oling. Savollar paydo bo‘lsa so‘rang. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 04:27 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom