Moida surasining 44-oyati tafsiri
Assalomu alaykum! Alloh taolo Moida surasining 44-oyatida ,,Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o‘shalar kofirlardir." deya marhamat qilgan. Ibn Abbos raziyallohu anhu ,,Bu oyatdagi kufrdan murod kichik kufr" deb tafsir qilgan ekanlar.Mufassirlar bu oyatni yana quyidagicha tafsir qilgan ekanlar: ,, Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, u (kichik kufr) gunohi kabira qilgan bo‘ladi. Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritish vojibdir. Kim Alloh nozil qilmagan narsa ila hukm yuritish joiz deb e’tiqod qilsa katta kufrni qilgan bo‘ladi." Lekin, Hazrati Umar raziyallohu anhu ocharchilik yillari o‘g‘rini qo‘lini kesmagan. Bu oyatning tafsiri va Umar raziyallohu anhuni qilgan ishlarini qanday muvofiqlashtiramiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘pchilik ulamolarimiz ta’kidlashlaricha o‘sha yili Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘g‘rining qo‘lini kesish hukmini ham vaqtincha to‘xtatganlar.
Hazrati Umar roziyallohu anhu huzurlariga Muzayna qabilasidan birovning tuyasini o‘g‘irlaganlari uchun bir necha yigitni ushlab olib keldilar. Hazrati Umar ularning qo‘lini kesishga amr qildilar. Shunda ba’zilari, bu yigitlar Ibn Hotib ibn Balta’a ismli kishining yigitlari ekanini, xo‘jayinlari ularga ovqat bermaganidan tuya o‘g‘irlab so‘yib eyishga majbur bo‘lganlarini aytdilar. Hazrati Umar hukmni darhol bekor qildilar. Xo‘jayinni chaqirib kelib, koyidilar va o‘g‘irlangan tuyaning bahosini ikki barobar to‘lashga amr qildilar. Shundan keyin hozircha o‘g‘rining qo‘lini kesmay turish haqida farmon chiqardilar.
Ba’zi kishilar bu ishni shariatning hukmini vaqtincha bekor qilish deb ataydilar. Aslida esa bu ish shariatning hukmini o‘z o‘rnida ishlatishdir.
Islom jamiyati o‘z a’zolarining ijtimoiy ta’minotlarini yaxshilab yo‘lga qo‘yadi. Avvalo, nochor kishilarning nafaqasini yaqin qarindoshlariga Allohning oldidagi diniy burch sifatida vojib qiladi. Ota farzandlariga, er xotiniga, aka ukalariga, farzand ota-onasiga va hokazo nafaqa berishi shart. Ya’ni, boy qarindoshlar nochorlariga nafaqa berishlari vojib. Ixtiyorlari bilan berishmasa, qozi hukm chiqarib, majbur qiladi.
Nochor insonning yaqin qarindoshi bo‘lmasa, unga davlat yordam beradi, boy musulmonlar nafaqa beradi. Ish beruvchi ishchiga nafaqa beradi va hokazo. Agar bu choralar qo‘llanmagan bo‘lsa, o‘g‘rilik sodir etilsa, qo‘lini kesishga hukm chiqarishga davlat haqli bo‘la olmaydi.
Xuddi shuning uchun ochlik yilida davlat odamlarni ta’minlay olmay qolganda, shariat ruhini daqiq nuqtalarigacha tushungan xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu shariatning hukmiga binoan vaqtincha o‘g‘rining qo‘lini kesmay turishni joriy qildilar. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 194 | Qur’oni karim