Aptekada pulni qabul qilish

Assalomu alaykum! Man bir yillarcha oldin bir kursdoshim ishlaydigan aptekada sherik bo‘lib ishga kirgandim. Man xali aptekada ishlashni bilmaganim uchun u manga xamma narsani tushuntirib o‘rgatish vazifasini oldi. Keyinro savdo boshlangandan keyin e’tibor bersam agar, u bazi birovlarga dorilarni 2 ming sum 3 ming sumga qimmatroq sotayotgan ekan. Nimaga bunday qilishini so‘rasam, u ba’zi birovlarni dori olishga puli etmaydi, yoki yaxlitlab biroz kamroq beradi, men keyin shu summani boshqa puli ko‘proqlardan olaman dedi. Shundan keyin qarasam rostdan xam ba’zi birovlarga arzonro berayotgan ekan. Bu ishi uchun unga gunox yoziladimi? Xozir endi u pullarni egasiga qaytarib berishi kerakmi yoki o‘sha odamlardan deb sadaqa qilaversinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu aptekada sherigingizga qanchalik o‘zi shu kabi masalalarda tasarruf qilish huquqi berilganiga bog‘liq. Dorixonaning egasi dorilarni narxini belgilab, narxlarda arzonlatish yoki qimmatroq sotishga izn bergan bo‘lsa zarari yo‘q.  Aksincha, narxni o‘zgartirishga ruxsat bermagan bo‘lsa, qilgan ishi noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘sha ortiqcha pul olib qolganlarni hammasini pullarini qaytarib berishi kerak. Aks holda qiyomatda juda og‘ir ahvolda bo‘ladi. Egalarini topa olmasa, nomlaridan savob umid qilmay sadaqa qilishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar