Xusnbuzar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, «Muqaddas oylar va mustajob duolar» kitobida quyidagicha xadis bor ekan: Oysha onamizning qo‘llari ustiga bir xusnbuzar chiqqan edi. Paygambarimiz(s.a.v) : Yo Oysha. Xusnbuzar qurib tushishi uchun quyidagicha duo qil deb buyurdilar: Allohumma Musag‘g‘iral kabiyri va mukabiras-sag‘ir. Sgir ma biy. Manosi: ey, kattani kichik va kichikni katta qiluvchi Robbim. Mendagi xusnbuzarni kichik qil (yo‘q qil). Shu hadis sahihmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday rivoyat yo‘q. Bu kabi ma’lumotlarni olishda juda ham ehtiyot bo‘lish kerak. Hadis bo‘lmagan gapni hadis deyish gunohi kabiralardan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 149 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar