Duo miqdori

Assalomu alaykum! Bilamizki hozirda ko‘pchilik duolarni 10-100 marta aytsangiz shu narsa bo‘ladi deyishadi. Misol uchun "Subhanollohu va bihamdik" so‘zini 100marta aytishlik kuniga dengiz bilan teng gunohlarni yuvishga yordam beradi. Ammo shu 100tadan kam yoki ko‘p aytsachi, unda qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida sunnatda kelgan adadga rioya qilinsa, ayni sunnat bajariladi. Ammo undan ko‘p qilishni alloma Abdulhay Laknaviy rahimahulloh joiz deganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه: أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صلي الله عليه وسلم  قَالَ: «مَنْ قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ، لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ كَانَتْ لَهُ عَدْلَ عَشْرِ رِقَابٍ، وَكُتِبَتْ لَهُ مِائَةُ حَسَنَةٍ، وَمُحِيَتْ عَنْهُ مِائَةُ سَيِّئَةٍ، وَكَانَتْ لَهُ حِرْزًا مِنَ الشَّيْطَانِ يَوْمَهُ ذَلِكَ حَتَّى يُمْسِيَ، وَلَمْ يَأْتِ أَحَدٌ أَفْضَلَ مِمَّا جَاءَ بِهِ إِلَّا أَحَدٌ عَمِلَ أَكْثَرَ مِنْ ذَلِكَ. وَمَنْ قَالَ: سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ، فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ حُطَّتْ خَطَايَاهُ وَلَوْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
«Kim bir kunda yuz marta «Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shay’in qodiyr», desa, bu uning uchun o‘nta qulni ozod qilishga barobar bo‘ladi, unga yuzta hasana bitiladi va undan yuzta yomonlik o‘chiriladi. Bu unga o‘sha kuni shaytondan saqlash bo‘ladi. O‘sha hol kech kirgunicha davom etadi. (Buni) shundan ko‘proq qilgan kishidan boshqa hech kim u keltirgandan afzalroq narsa keltira olmaydi».
Kim bir kunda yuz marta «subhanallohi va bihamdihi», desa, uning xatolari hatto dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, o‘chiriladi», dedilar».(“Ruhiy tarbiya” kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:03 | Savol-javoblar | 190 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar