Zakoti berilmagan meros

Assalomu alaykum! Yillar davomida zakoti berilmagan pul mablag‘ini meros xo‘rlar shariatda ko‘rsatilgan meros taqsimotiga muvofiq taqsimlab olsalar bo‘ladimi yoki taxminiy zakotni hisoblab o‘sha miqdorni haqdorga berib keyin taqsimlanadimi? Marxumning qarzlari yo‘q, dafn marosimlariham o‘tkazilgan. Tirikligida pulingizdan zakot berishingiz kerak deb nasixat qilganimizda men boquvchisini yo‘qotgan nevaramga pul berib turibman deb zakot berishga ko‘nmagan. Dindan uzoq kishi bo‘lgani uchun nevaraga berilgan pul zakot deb niyat qilib berilsaham zakot o‘rnida o‘tmasligini tushuntirib o‘tirmadik. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘lgan odamdan zakot berish soqit bo‘ladi. Bemalol taqsimlab olaverasizlar. Mabodo mol egasining nomidan zakot chiqarmoqchi bo‘lsangizlar ixtiyoringiz. Merosxo‘r haqdorlarini hammasi rozi bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 157 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar