Tijoratimda riboga yo‘l qo‘ymayapmanmi?

Assalomu alaykum! Men do‘stimga tijorat qilishi uchun 4000$ berganman. U menga tijorati uchun bergan mablag‘imni xamda u mablag‘ga qo‘shimcha 4 ta qo‘y berishligini vada qilgan. Ustoz men undan olayotgan qo‘ylarim xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Shariatimizda “alg‘unmu bil g‘urmi” ya’ni “foyda risk evaziga quriladi” degan qoida bor. Ya’ni hamma vaqt foyda ko‘rish yoki ko‘rmaslik riski bo‘lib, foyda ko‘rilgandagina foyda olish kerak. Pulni qarzga berib, ziyon ko‘rsang pulga kuyaman degan riskni bo‘yniga olmasdan foyda ko‘rsang ham ziyon ko‘rsang ham yoki qancha foyda ko‘rsang ham menga farqi yo‘q, bergan qarzim ayni o‘zi va yana ustamasi bilan qaytishi kerak – deyish yuz foiz sudxo‘rdir. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar