Bir taloqdan so‘ng yashash xukmi

Assalomu alaykum! Ayolim bilan ko‘p janjallashib turardik, yaxshilik qildim, sabr qildim, lekin yumshamadi, taloq ber degan gapni xam ko‘p ishlatdi. Oxirgi marta gapirdi, men bugundan boshlab senga 1 taloq dedim. (Uni xolati xayz ko‘rib bo‘lgan yaqinlik qilingan.) Men endi u bilan yashamoqchi bo‘lsam keyingi xayz ko‘rishini kutishim kerakmi? yoki xayz ko‘rme turib unga yaqinlik qilsam nikoximiz saqlanib qoladimi? Aslida bu xolatda oila saqlanib qolishi uchun nima qilsa to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir raj’iy taloq tushgan. U bilan yashamoqchi bo‘lsangiz, keyingi hayz kelishini kutishingiz shart emas. “Seni qaytarib oldim” deyish, jimo va unga olib boruvchi ishlardan biri bilan raj’at  qilishingiz (qaytarib olishingiz) mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar