meni topganim halolmi
Assalomu alaykum ustozlar. men 9 kundan beri alyumin panel ishlab chiqaradigan zavodda tungi smenada ishlayapman qiladigan ishim 2 ta sherigim menga tayorlab bergan plasmassiviy selonni bunkerga to‘ldirib qo‘yish. u sheriklarim selonni meni oldimdagi 300 litrlik idishga solishmasidan avval qizitadigan pechkali bunkerda qizitib olib kelib 300 litrlik idishga solib borib damolishadi. men shu menga olib kelingan selonni kichkina bunkerga solaman va bunker bo‘shagancha 15 minutlarcha damolaman (bunkerni to‘ldirib qo‘yib bizga bo‘shagancha damolishga ruxsat berilgan) 2 kun avval bilib qoldim sheriklarim 7 qop selon solinadigan pechkali bunkerga 11 qop selon solisharkan. sababi ko‘proq damolish. menham ularga ko‘p yordam berganman qoplarni solishishga. lekin aslida 7 qop solinishini bilmasdim. lekin 100 qop solingan taqdirdayam mahsulot sifati o‘zgarmaydi. boshliqlarga aytay desam meni sotqinga chiqarishadi. keyin aytgan taqdirimdayam 100 qop solinsayam mahsulot sifati o‘zgarmaydi shunchaki selon yaxshi qizimagani uchun linyani ovoz biroz qattiqlashadi. meni o‘ylantirgan narsa shuki sheriklarimni bu qigan ishi g‘irommi yoki yolg‘onmi bilmadimu ishimizga aralashtrgani meni ish haqqimni haromga aylantirmadimikan degan hayollar qiynayapti. savolim shundaki meni topyotgan pullarim halolmi ? javobingiz uchun oldindan raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nimagadir andak bo‘lsa ham zarar etkazsa unday qilishinglar joiz emas. Keltirgan ziyoninglarni qoplaysizlar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nimagadir andak bo‘lsa ham zarar etkazsa unday qilishinglar joiz emas. Keltirgan ziyoninglarni qoplaysizlar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar