Namozda oyoqlarim holati

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, namozga yaqinda kirdim. Ba’zi bir nuqsonlari bilan o‘qiyapman, lekin to‘g‘rilashga xarakat qilayapman. Oyog‘imning tizzasini ko‘zi singan, shu sababli sajdadan bosh ko‘tarib ozgina o‘tirganimda oyog‘im oxirgacha bukilmaydi. Aytingchi, bu nuqson kechirimlimi? Suralarni yod olishga ozgina qiynalayapman, lekin hozircha ayrimlarini kitobga qarab o‘qiyapman. Bu gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni boshlab olganingizni Alloh muborak qilsin va O‘z hidoyatida bardavom qilsin. Alloh taolo toqatdan tashqari ishga buyurmaydi. O‘zingizga qanday qulay bo‘lsa o‘shanday o‘qing. Namozda yoddan bilganlaringizni o‘qing. Namozdan tashqarida kitobga qarab yodlayvering. Namoz durust bo‘lishi uchun Fotiha surasi bilan biror kichik surani yoddan o‘qishingiz kifoya qiladi. Hozircha har rak’atda qayta-qayta o‘qisangiz ham zarari yo‘q. O‘tirganda tuzalgunicha o‘zingizga qulay va oyog‘ingizga munosib qilib o‘tirishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar