Nomozim durust bo‘ladimi
Assalomu alaykum! 1. Mening yoshim 56 da 1 yildan beri taxorat olib nomoz o‘qiyotganimda xuddi nimadir tomchilaganga o‘xshaydi, lekin nomozni o‘qib bo‘lib qarasam xech narsa yo‘q. Agar nimadir juda kam miqdorda tomgan bo‘lsa nomozim buzilganmi? 2. Xamma insonlar xam xojatga chiqqanida qandaydir tomchimi yoki zarrami asbobidan ich kiyimiga tegadi. Shu kiyimni almashtirish kerakmi yoki shu kiyimda taxorat olib nomoz o‘qisa bo‘ladimi? Siydik sachragan, tekkan kiyimda yurish siyib qo‘ygan bilan barobar deb eshitganman. Men bundan qo‘rqqanimdan tualetnыy bumaga qo‘yib yuraman. Taxorat paytida olib tashlayman. Men xam boshqalardek nomoz o‘qiyversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qaraganingizda hech narsa bo‘lmasa, tahorat ham namoz ham buzilmaydi. Lekin kam miqdorda bo‘lsa ham siydik tomgan bo‘lsa, tahorat ham namoz ham buziladi. Yangi tahorat olib, namozni qayta o‘qish kerak bo‘ladi. 2). Shuning uchun siygandan keyin «istibro» - qolgan siydikdan poklashish kerak bo‘ladi. Buning uchun o‘tirib turish, sakrash yoki biroz yurib qolgan siydikni chiqarib tashlash kerak. Agar siydik yo‘lida siydik qolmaganligiga yoki siydik tommasligiga ishonch hosil bo‘lsa, bunday harakatlar qilish zarur emas. Oxirida kesak yoki tahorat qog‘oziga shimdirib olsangiz kiyimingizga tegmaydi. Tegmasligi uchun salfetka qo‘yib olishingiz to‘g‘ri ish. Siydik tekkan joyining kattaligi piyolaning orqa tomonichalik hajmda bo‘lsa u bilan o‘qilgan namoz joiz, lekin makruhlik bilan ado bo‘ladi. Undan katta hajmda bo‘lsa namoz ado bo‘lmaydi. Bunday kiyimni siqqaningizda bir tomchi bo‘lsa ham suv tomadigan darajada uch marta yuvishingiz kerak. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:50 | Savol-javoblar | 174 | Namoz