Mebel sohasida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, man mebel ustasiman. Manga mebel zakaz qilgan odam xom ashyo(laminant)ni o‘zi olib bersa, mebel bitgandan keyin undan qolgan buyumga yaroqsiz laxtak DSPlarni ham egasiga berib yuborishim kerakmi?
2. Magazinga nasiyaga mebel beraman. Magazinga 4.000.000 atrofida mebel berganman. Dollar kursi oshganligi sababli xom ashyo narxi ancha oshib ketdi. Manga eski narxda pul bersa deyarli foyda qolmaydi. Man mebelni hozirgi kursga hisoblab pulini olsam bo‘ladimi? Alloh  ilmingizni bundanda ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Berib yuborshinigiz kerak. Chunki kishilar uni yoqilg‘i sifatida ham foydalanadilar. Agar egalari kerak emas deyishsa olishingiz mumkin. 2). O‘zidan so‘rab ko‘ring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:17 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar