Muddatga qarab narxning o‘zgarishi
Assalomu alaykum! Men bu savolni javobini bilsamda menga inonishmaganligi uchun va aniqlik kiritib berishimni so‘raganligi uchun yo‘llayabman. Savol quyidagicha: Dorixonaga dori tarqatuvchi narxlarni dorixona hodimiga tanishtirayotganda mana bu dorini, misol uchun Aspirinni pulini 1 oyda bersa 1000 so‘m, agar 15 kunda qaytarsa 800 so‘m, 7 kunda qaytarsa 600 so‘m bo‘ladi desa bu ish riboga kiradimi? Yoki shuning boshqacha yo‘li bir dorixonaga faqat 1000 so‘mga 1 oy muddatga, boshqa dorixonaga 800 so‘mga 15 kun muddatga degan ko‘rinishdagi tijorat ham riboga o‘tadimi? Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! “1 oyda bersa 1000 so‘m, agar 15 kunda qaytarsa 800 so‘m, 7 kunda qaytarsa 600 so‘m bo‘ladi” deb aytib, biriga kelishish shart. Masalan 1 oyda berasan 1000 so‘m berasan ga kelishish shart. Agar birini tayin qilmasdan ketilsa riboga kiradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:07 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat