Kelin asirami?
Assalomu alaykum! Qaynotaning kelinni maxallaga chiqishini ta’qiqlashiga xaqqi bormi? Kelin bolasini aylantirishga xam chiqmasligi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishi avvalo eriga itoat qilishi kerak. Uyidan chiqadigan bo‘lsa, erining izni ila chiqadi. Erining ota-onasini hurmat qilish ham kelinning eriga bo‘lgan itoatining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ular kelinni shariatda qaytarilgan ishlarga buyurmas ekanlar, ikon darajasida aytganlarini qilishi o‘sha hurmat yuzasidan bo‘ladi. Bu masalada ikki taraf ham bir-birlariga hurmat-ehtirom ila muomala qilishlari maqsadga muvofiq. Siz shunday holatda haqlari bo‘lmasa ham ularga yaxshi muomala qilib, eringiz orqali bu masalani chiroyli hal qilishga harakat qiling. Siz ularga go‘zal muomala va xizmat qilsangiz, kelajakda in sha Alloh shunday hurmat-izzat ko‘rasiz. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:58 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush