Beshikka oyat yozib beriish

Assalomu alaykum! Men beshikchi ustaman yaqinda bir haridor kelib beshik ichiga oyatal kursini yozib berilar deyapti shunga qanday yo‘l tutay? Unga tushuntirdim, lekin kimdur ichiga yozib berigan beshikni ko‘rgan ekan shunga nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishni qilmang. Qur’on oyatlarini behurmat bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan erlarga yozilishi durust emas. Xususan o‘sha beshikni ishlatadigan ayol kishi nifos va hayzli (betahorat) bo‘lishini hisobga olsak, “Oyat al-Kursiy”ni hurmatsiz bo‘lishi ehtimoli juda katta bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:07 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar