Qo‘shnining qarzi

Assalomu alaykum! Do‘konda savdo qilamiz. Aeroportda ishlaydigan qo‘shnim bor. Do‘kondan qarzga olishadi, oylik olganda beradi. Karantin paytda qarzlari ancha ko‘payib ketdi. Endi to‘lay olishmayapti. Endi kredit olib to‘lashmoqchi. Men shu pullar kreditdan olingan pul ekanligini bilib qarzimni olsam bo‘ladimi yoki qachon ishlab halol pul topsa shunda olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunchalik darajada bo‘lsa ozrog‘ini keching. Uni haromdan pul olishiga harom ish qilishiga yo‘l qo‘ymang. عن أَبي قتادة رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ : سَمِعْتُ رسولَ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يقول: «مَنْ سَرَّهُ أنْ يُنَجِّيَهُ اللهُ مِنْ كُرَبِ يَوْمِ القِيَامَةِ، فَلْيُنَفِّسْ عَنْ مُعْسِرٍ أَوْ يَضَعْ عَنْهُ». رواه مسلم Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Alloh taolo unga qiyomatning mashaqqatlaridan najot berishini istasa, hech vaqosi yo‘q yoki tang holatdagi insonga bergan qarzining muhlatini uzaytirsin yoki kechib yuborsin», deganlarini eshitdim.
Muslim rivoyat qilgan.عن أبي اليسر رَضِي اللهُ عَنْهُ قال : قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: من أنظر معسرا، أو وضع له، أظله الله في ظل عرشه Abu Yusr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tang holatda turgan insonga qarz muhlatini cho‘zib bersa yoki uni kechib yuborsa, Alloh taolo qiyomatda uni O‘z arshi soyasida soyalantiradi», dedilar. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ كَانَ لَهُ عَلَى رَجُلٍ حَقٌّ، فَمَنْ أَخَّرَهُ كَانَ لَهُ بِكُلِّ يَوْمٍ صَدَقَةٌ Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kishiga qarz bergan bo‘lsa, so‘ng uni biroz muddatga uzaytirsa, kechiktirgan har kuni uchun unga sadaqa savobi yoziladi», dedilar».
Imom Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:07 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar