O‘lgan odamning puli

Assalomu alaykum! Xo‘jayinimning iltimoslari bilan savol yo‘llayapman, aytishlaricha bundan bir necha yil oldin institutda starstva bo‘lib o‘qiyotganlarida bir do‘sti o‘zini osib joniga qasd qilgan, ma’lum bo‘lishicha fan domlasi bahosini qo‘yib bermagani uchun shu ishni qilibdi, keyin o‘lgan do‘stining stipendiyasi chiqibdi, taxminan 250.000 so‘m atrofida bo‘lgan, xo‘jayinim u pulni olib uydagilariga olib borsam ko‘ngillari yanayam ozor chekmasin degan va qaysidir ma’noda o‘z ehtiyojiga sarflagan, oradan yillar o‘tdi. Hozirda xo‘jayinim ishlaydilar, bir nafar farzandimiz bor, bir oylik maoshlari 1.800.000 so‘m, aytishlaricha o‘sha vaqtdan beri ko‘nglim notinch deydilar, O‘lgan do‘stim nomidan o‘sha pulni hayr ehson qilaymi yoki uydagilariga olib boraymi, lekin qaysi yuz bilan olib boraman, o‘lgan farzandizi stipendiyasini men olgandim deymanmi deb hijolat bo‘lyaptilar. Shunga nima maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyidagilarga olib borib bersin. Aytishi shart emas. Stipendiyasi qolib ketgandi baribir birovning haqi deyish kerak. Hadya deb bersa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:34 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar