Avtomobil moylari
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men birinchi bor savol berishm xatoliklar bo‘lsa oldindan uzr. Men moy almashtirish ustaxonasida ishlayman, boshlig‘im toza moylar idishiga arzon moylar quydirib, menga toza moy deb sotishimni buyuradi. Lekin qadoqlangan holatta olib keladi. Men iloji boricha toza moylarni sotishga harakat qilaman. Shu holda xaridorlani aldab arzon moyni qo‘yib bersam topgan pulim menga harommi? Boshlig‘imga aytsam “bunday qilmasak foyda ololmaymiz” deydi. Uyda oila boquvchisi menman, boshqa ish topay desam xali kollejda o‘qiyman, otam vafot etganlar, onam ishga yaroqsizlar, ishlamasam bo‘lmaydi, ishlay desam haromdan eyishdan qo‘rqaman. Nima qilay maslaxat beringlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sizning imtihoningiz ekan. To‘g‘ri yo‘lni tanlang, boshqa ish topishga harakat qiling. Chunki har bir insonning taqdiriga rizqi bitib qo‘yilgan. Uni haloldan topishga harakat qilish kerak. To‘g‘ri, inson tug‘ilganida 2-3 kilo atrofida bo‘ladi. Uni har bir egan luqmasidan zarralar suyagiga suya, go‘shtiga-go‘sht, qalbiga-qalb ko‘z, quloq, og‘iz, burun bo‘lib joylashib boraveradi. Yillar o‘tib o‘sha zarralardan 40-50-60 kiloli inson barpo bo‘ladi. Agar o‘sha 40-50-60 kiloli go‘shtning zarralari haloldan bo‘lsa uning ta’siri ham faqat yaxshilikka bo‘ladi. Chunki luqmaning har bir zarrasining o‘z ta’siri bo‘ladi. Agar o‘sha zarralarning barchasi haromdan bo‘lsa, yoki ko‘p qismi haromdan bo‘lsa bunday go‘shtning borar joyi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar: Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ka’b ibn Ujra, nohaq – haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi». Ibn Hibbon rivoyati. حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ، عَنْ عَامِرٍ قَالَ: سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْحَلَالُ بَيِّنٌ وَالْحَرَامُ بَيِّنٌ، وَبَيْنَهُمَا مُشَبَّهَاتٌ لَا يَعْلَمُهَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، فَمَنِ اتَّقَى الْمُشَبَّهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِيِنِهِ وَعِرْضِهِ، وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ كَرَاعٍ يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى، يُوشِكُ أَنْ يُوَاقِعَهُ. أَلَا وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى، أَلَا إِنَّ حِمَى اللهِ فِي أَرْضِهِ مَحَارِمُهُ، أَلَا وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ، وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ. أَلَا وَهِيَ الْقَلْبُ Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Halol ochiq-oydindir, harom ham ochiq-oydindir. Ular orasida ko‘p odamlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va sha’ni uchun o‘zini pok tutibdi. Kim shubhali narsalarga tushsa, xuddi qo‘riqxona atrofida cho‘ponlik qilib, unga o‘tib ketay degan cho‘ponga o‘xshaydi. Ogoh bo‘ling! Albatta, har bir podshohning qo‘riqxonasi bordir. Ogoh bo‘ling! Albatta, Allohning erdagi qo‘riqxonasi – harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘ling! Tanada bir parcha go‘sht bor, u sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo‘ladi. U buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo‘ling! O‘sha narsa qalbdir». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). O‘sha haromdan unib o‘sgan qalb ham fasod qalb hisoblanadi. Bunday o‘sgan go‘sht va qalblarni poklash yo‘li tavbadir. قال النبي صلى الله عليه وسلم : التَّائِبُ مِنْ الذَّنْبِ كَمَنْ لَا ذَنْبَ لَهُ رواه ابن ماجه Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Gunohidan tavba qiluvchi gunohsiz kishi kabidir” dedilar. عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : قال الله تعالى : إذا ابتليت عبدي المؤمن ولم يشكني إلى عواده أطلقته من أساري ، ثم أبدلته لحما خيرا من لحمه ، ودما خيرا من دمه ، ثم يستأنف العمل رواه الحاكم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo: “Qachon mo‘min bandamni biror baloga mubtalo qilsam, uni ziyoratiga kelganda Mendan shikoyat qilmasa uni asrlikdan ozod qilaman, go‘shti evaziga yaxshi go‘sht, qoni evaziga yaxshi qon ato qilaman(shunda u haromlardan va gunohdan pok bo‘ladi) so‘ng amalni yangidan boshlaydi” dedi” dedilar. Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 12:11 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat