Oilaga xiyonat

Assalomu alaykum!  Oilada xoh er bo‘lsin xoh xotin bo‘lsin xayolida boshqa insonni xohlasa, unga turmush o‘rtog‘i harom deyilganini o‘qib qoldim. Turmush o‘rtog‘imni kontaktlarida buzuq ayollarni bir talay nomerini topib oldim. Bundan keyin erim menga harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eringiz sizga harom hisoblanmaydi. Xalqimizda “Er xotinning dinida bo‘ladi” degan maqol bor. Ilm o‘rganishda, taqvo qilishda islomga haqiqiy amal qilishda bardavom bo‘lsangiz Alloh taolo eringiz bilan o‘rtangizni isloh qilib qo‘yadi. Ibrat: حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ الْحَكَمِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ أَنَّهُ سَمِعَ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: اشْتَكَى ابْنٌ لِأَبِي طَلْحَةَ — قَالَ — فَمَاتَ وَأَبُو طَلْحَةَ خَارِجٌ، فَلَمَّا رَأَتِ امْرَأَتُهُ أَنَّهُ قَدْ مَاتَ هَيَّأَتْ شَيْئًا وَنَحَّتْهُ فِي جَانِبِ الْبَيْتِ، فَلَمَّا جَاءَ أَبُو طَلْحَةَ قَالَ: كَيْفَ الْغُلَامُ؟ قَالَتْ: قَدْ هَدَأَتْ نَفْسُهُ، وَأَرْجُو أَنْ يَكُونَ قَدِ اسْتَرَاحَ. وَظَنَّ أَبُو طَلْحَةَ أَنَّهَا صَادِقَةٌ، قَالَ: فَبَاتَ، فَلَمَّا أَصْبَحَ اغْتَسَلَ، فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَخْرُجَ، أَعْلَمَتْهُ أَنَّهُ قَدْ مَاتَ، فَصَلَّى مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم ثُمَّ أَخْبَرَ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِمَا كَانَ مِنْهُمَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «لَعَلَّ اللهَ أَنْ يُبَارِكَ لَكُمَا فِي لَيْلَتِكُمَا». قَالَ سُفْيَانُ: فَقَالَ رَجُلٌ مِنَ الْأَنْصَارِ: فَرَأَيْتُ لَهُمَا تِسْعَةَ أَوْلَادٍ كُلُّهُمْ قَدْ قَرَأَ الْقُرْآنَ Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: «Abu Tolhaning bir o‘g‘li betob edi. Abu Tolha yo‘qligida u vafot etdi. Ayoli uning vafot etganini ko‘rgach, nimanidir tayyorladi va uni uyning bir chetiga qo‘yib qo‘ydi. Abu Tolha kelib: «Bola qanday?» dedi. (Ayoli): «Joni tinchidi, engil tortdi deb umid qilaman», dedi. Abu Tolha uni rost aytdi deb o‘yladi. U tunni o‘tkazib, tong ottirgach, g‘usl qildi. Endi chiqib ketmoqchi bo‘lganida ayoli unga (bolaning) vafot etganini bildirdi. Abu Tolha Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namoz o‘qib, so‘ng u zotga oralarida bo‘lib o‘tgan ishning xabarini berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shoyad, Alloh bu kechangizga baraka bersa», dedilar». Sufyon aytadi: «Ansorlardan bir kishi: «Ularning to‘qqizta farzandini ko‘rdim, hammalari Qur’onni yodlagan edi», degan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:34 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar