To‘yxonalardagi qiziqchilar

Assalomu alaykum! Bir to‘yxonada xizmat qilamiz. Sunnatga muvofiq to‘ylarni Alloh xayrli qilsin. Lekin bir to‘yda aynan islomiy deb o‘tkazilgan to‘yda bir qiziqchi o‘rtakashli qildi. Foziljon qori(Alloh rahmat qilsin) ustozimiz deb ham qo‘yadi. Allohni kalomlarini o‘zining jirkanch so‘kinchli hazillariga qo‘shib kuldirayapti. Bularni hidoyatdan benasib yurganlar ko‘rsa noo‘rin fikrga borishlari tayin. Shunday qiziqchilarni to‘ylariga niyat qilib qo‘yganlarga nasihatli hidoyat yozinglar. Telegram sahifangizga ham qo‘ying. Alloh ishlaringizga ajru barokat bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu xulqlarning yomoni va o‘ta pastkashlik bo‘lib, Islom shariati uni iymonni susaytiradigan, iymondan uzoqlashtiradigan va munofiqlikning  belgilaridan bo‘lgan xulq deb e’tibor qiladi. Shariatimiz muayyan, istisnoli o‘rinlardan boshqa o‘rinda yolg‘on gapirishga ruxsat bermaydi. Bu istisnoli o‘rinlar ichida hazillashib yolg‘on gapirishga o‘rin yo‘q. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni kuldirish maqsadida gapiriladigan yolg‘ondan ham qaytarganlar. Aytganlarki:
“Gapirib qavmni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin,...”
Imom Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati.
Yolg‘onning zarari katta va barcha razolatlarga poydevor bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vaylni takror-takror aytdilar.
Boshqa hadisda esa shunday deganlar:
“Banda yolg‘onni hatto mazah va janjal o‘rnida ham tark qilmagunicha to‘liq iymon keltirgan bo‘lmaydi, agarchi o‘zi rostgo‘y bo‘lsa ham”
Imom Ahmad va Tobaroniylar  rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:37 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar