Namozga ruxsat so‘rash kerakmi?
Assalomu alaykum! Men meva-sabzavotlar do‘konida ishlayman, ibodat vaqti kelganda do‘konni yopib namozga ketaman, do‘kon bilan namozjoy orasi 300 metrcha. Do‘konimiz bir magazinni tarkibida. Boshliq aytyaptiki, har namozga ketishingda magazin egalariga aytib ket deyapti, 5 vaqt bo‘lsa 5 vaqt. Shunday qiladigan bo‘lsam, kunda 4-5 marta bularga ham malol kelib qoladi. Shu qilayotgan ishi to‘g‘rimi ? Menga bu narsa yoqmayapti, har safar so‘rab yurish to‘g‘rimas, bu uchun Allohga hisob beraman, sizga emas deb rosa tushuntirdim kibr qilyapsan deydi, foydasi yo‘q. Har safar ruxsat so‘rab ketishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu erda ruxsat so‘rash degan gap bo‘lmayapti. Siz ish joyingizni tashlab ketyapganingizda do‘kon egalarini xabardor qilib qo‘ying deyilyapti. Bu talab juda to‘g‘ri talab. Zero do‘kondorlarning mas’uliyati nuqtai nazaridan ularni ogohlantirib qo‘yishingiz, xayrga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bahslashmasdan, ishingizga mas’uliyat bilan yondoshing. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar