Garovdagi narsani sotish mumkinmi?

Mendan bir odam berish vaqtini aniq aytib, 5 ming qarz oldi va 15 minglik narsa garovga tashlab ketdi. Endi u odam qarzni vaqtida qaytarmadi. 1) Men garovga qo‘yilgan narsani sotib yuborishga haqqim bormi? 2) Agar sotib yuborish mumkin bo‘lsa, o‘zimga tegishligini olib, qolgan pulni qaytarishim kerakmi yoki hamma pulni o‘zimga olib qolsam ham haqqim bormi? 3) O‘sha garovga qo‘yib ketgan narsani sotmay o‘zim uchun olib qo‘ysam ham bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu masalani qarshi tarafdan ham eshitish kerak. Hozir bir tarafning gapi bilan ish bitmaydi.

26 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar