Jiyaniga zakot berish

Assalomu alaykum! Men ukam bilan birga ish qilamiz. Umumiy mablag‘imizni bo‘lganimizda ikkalamizning pulimiz xam nisobga etadi. Ukam zakotini mening o‘g‘limning o‘qish kontraktiga bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘lingiz voyaga etgan bo‘lsa va uning nisob miqdoridagi puli yoki hojatidan ortiqcha nisobga teng keladigan miqdordagi mol-mulki bo‘lmasa, unga zakot berish joiz. Lekin afzali zakotni faqir-miskinlar, boquvchisini yo‘qotganlar, mushkul holga tushib qolgan haqdorlarga sarflashdir. O‘g‘lingizning shartnoma pulini o‘zingiz to‘lasangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:03 | Savol-javoblar | 174 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar