Axli baytga tegishli buyumlar

Assalomu alaykum! Xozir ko‘pchiligimizga ma’lumki dunyoning ko‘pgina erlarida axli baytga xamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishliligi aytiladigan buyumlar qo‘lyozmalar va shunga o‘xshash ashyolar borligini bilamiz. Misol uchun Turkiya va Xindistonda payg‘ambarimiz alayxi salomning kiygan poyavzallari, mo‘yi muboraklari, kiyimlari xamda axli baytga tegishli qo‘lyozmalar borligi Xindistonda xam xuddi shunga o‘xshash buyumlar payg‘ambarimiz alayxi salomning kosalari va xokazo. Savolim: bular xaqiqatmi, ishonsak va ularni ko‘rgani borsak bo‘ladimi? Bular xaqiqatan xam shu zotlarga tegishliligi aniq isbotlangan buyumlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zilari aniq, ba’zilari noaniq. Ixlos qilsangiz ixlosingizga yarashasini olasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar