Xorijiy kompaniyaga pul tikish
Assalomu alaykum! Qo‘shnim yaqinda ochilgan xorijiy kompaniyaga sherikchilik qilishga chaqirdi. Ushbu kompaniyaning nomi Golden cash deb nomlanib, asosan tilla va kumush buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishini aytib, bizning kompaniyadan tilla yoki kumush xarid qilsang yoki omonatga pul qo‘ysang, xarid qilgan buyumingga yoki qo‘ygan omonatingga yarasha divident olasan deb taklif berdi. Yani xarid qilgan maxsuloting o‘zingda qolib foydali daromadga ega bo‘lasan deb taklif berdi. Savolim shuki, ushbu oldi sotdi qimordan dalolat bermaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu ishni qilmang. Chunki bu kabi kompaniyalarni aksari odamlardan “beznes qilamiz” deb pulni yig‘ib olib o‘zlari ribaviy banklarga sudxo‘rlik qilib pullarni qo‘yishadi. Pul berganlarga esa “pulingizni falon narsaga tikkanmiz” deb qanaqadir yolg‘on ro‘yxatlarni ko‘rsatib turishadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:26 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat