Pullik videolar

Assalomu alaykum! Men pullik kusrlar haqida savol bermoqchi edim. Bir ingliz ustozi tomonidan tayyorlangan kursni o‘rganmoqchi edim. Bu kurs narxi 500$ atrofida bu kursni telegram kanalida bepulga hech qanday yopiq kanal bo‘lmagan holda topdim. Bu kursni o‘rgansan bo‘ladimi bir savolga javobda ya’ni qiyidagi linkda shunga o‘xshash savol bo‘lgan ekan. Bu kanal hech qanday tijorat maqsadini ko‘zlagani yo‘q. Bu kursni o‘rganishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha videoni qilgan asl muallif ustozga shu savolni bering. Agar haqqimga roziman desa o‘zlari biladi. Aks holda mualliflik huquqlariga tajovuz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:26 | Savol-javoblar | 160 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar